← Yangiliklarga qaytish

"Dolzarb 90 kun" doirasida "Zakovat" intellektual turniri o'tkazildi

📅 30.06.2026   👁 6
Boysun tumani 6-umumta'lim maktabida "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida 5-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual turniri tashkil etildi.
Turnir maktab maslahatchisi M. Abdurahmonova tashabbusi bilan o'tkazilib, unda o'quvchilar o'z bilimlari, mantiqiy fikrlashi, topqirligi va jamoaviy hamkorlik ko'nikmalarini namoyon etdilar.
Qizg'in va murosasiz bahslar ruhida o'tgan musobaqa o'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda ularni izlanishga, erkin fikrlashga va yangi marralarni zabt etishga ruhlantirdi.