Boysun tumanida yozgi sog'lomlashtirish bo'yicha o'quv-seminar o'tkazildi
✅Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan 07.08.2026-yil 17-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, bolalarning xavfsizligi hamda mazmunli dam olishini ta'minlash maqsadida o'quv-seminar tashkil etildi. Bunda Boysun tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari va tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirok etdilar
♾Seminarda yozgi sog'lomlashtirish mavsumini samarali tashkil etish, dam oluvchi o'quvchilarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish, yong'in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha mas'ullarga zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
♾Shuningdek, ishtirokchilar bilan yozgi oromgohlar faoliyatini yanada takomillashtirish, tarbiyaviy va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.