← Yangiliklarga qaytish

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

📅 07.08.2026   👁 10
Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari yuzasidan navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.O‘rganishlar davomida 27-, 32-, 35-, 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyati ko‘zdan kechirildi

🫥Jarayonda ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf va guruh xonalarining shayligi, obodonlashtirish ishlari, joriy ta’mirlash sifati, moddiy-texnik baza, xavfsizlik talablari hamda pedagogik jamoalarning o‘quv yiliga tayyorgarligi atroflicha o‘rganildi.

♾Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan barcha ta’lim muassasalarida 2026–2027-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.