← Yangiliklarga qaytish

Boysun tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

📅 25.08.2026   👁 9
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan reja-grafigiga muvofiq, tumanning 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Boysun tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Qabulda jami bo'lib 35 nafar fuqaro ishtirok etib, 6 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Shundan 13 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etilishi sababli 3 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.